O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 33 YILLIGI MUNOSABATI BILAN QO'QON UNIVERSITETI ANDIJON FILIALI REKTORINING TABRIGI

Assalomu alaykum! Hurmatli Professor-oʻqituvchilar, Aziz talaba-yoshlar!

Jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 33 yil to‘ldi. Istiqlol el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishining mustahkam zaminidir.

Mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi.

Mana shu mustaqillikning koʻrinishlaridan biri sifatida biz oʻz universitetimizni ham aytib oʻtishimiz mumkin. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning ilm-fan yoʻlida qilayotgan tashabbuslari oʻlaroq yoshlarni Oliy ta’limga qamrab olish, buni amalga oshirish uchun esa davlat va xususiy institutlarni koʻpaytirish ishlari yoʻlga qoʻyildi.

Mana shu harakat natijasida mana salkam 1 yildan buyon Universitetimiz faoliyat olib bormoqda. Dastlabki qabul davomida 400 nafardan ortiq talabalar qabul qilgan boʻlsak, bugungi kunga kelib, minglab yurtimiz yoshlari bizning talabamiz boʻlishni, oʻzlarining kelajak maqsadlarini biz bilan qurishni maqsad qilmoqdalar! Bu esa xuddi davlatimiz toʻgʻri yoʻnalishda harakatlanayotgandek ortidan odimlayotganimizni bildiradi, albatta.

Sizlar bilan mana shunday farahbaxsh, shukuhli kunlarni birga oʻtkazayotganimdan xursandman! Biz universitet rahbariyatidan tortib oddiy ishchi-xodimigacha barchangizning sifatli ta’lim olib, oʻz kasbining haqiqiy yetakchisi boʻlib yetishgan holda jonajon yurtimiz rivojiga munosib hissa qoʻshishinglar, mustaqilligimizni mustahkamlab, Vatanimiz bayrogʻining hamisha yuqorida hilpirashiga hissa qoʻshishinglar uchun mehnat qilamiz!

Yana bir bor eng aziz, eng qadrli bayramimiz – Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin!

Tuychiyev Galibdjan Urmonjonovich

Qoʻqon universiteti Andijon filiali rektori

September 1, 2024 373
Follow the official channel of the university on Telegram Become member
Appeal to the Rector Applying

Popular